Vakansiyalar
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti quyidagi lavozimlarga nomzodlarni taklif qiladi:
ILM-FAN BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARI
Talablar:- Ilmiy daraja – fan doktori (DSc), ilmiy unvon – professor, katta ilmiy xodim yoki dotsent bo‘lishi;
- Ingliz, rus va o‘zbek tillarini bilish (xitoy va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
- Xalqaro loyihalarda ishtirok etish, ilmiy hamkorlik va konferensiyalarda qatnashish tajribasi;
- Ilmiy sohada kamida 5 yillik ish tajribasi, shu jumladan, rahbar lavozimlarida ishlash;
- Ilmiy faoliyatda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar, texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarni bilish;
- Yuqori analitik va kommunikativ ko‘nikmalar, taqdimot o‘tkazish, muhokama qilish, jamoada ishlash va maqsadlarga erishishga motivatsiya berish qobiliyati;
- Ipak yo‘li mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyoning moddiy-madaniy merosini o‘rganish, saqlash va restavratsiya qilish sohasida tadqiqot olib borish;
- Yetakchi ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etish bo‘yicha faol tajriba.
- Yuqori ish haqi;
- Yetakchi xalqaro olimlar va ilmiy markazlar bilan ishlash imkoniyati;
- Yirik xalqaro tadqiqot va ilmiy-amaliy loyihalarda ishtirok etish;
- Boshqa sharoitlar suhbat davomida muhokama qilinadi.
BO‘LIM MUDIRI
Talablar:- Ilmiy daraja – fan doktori (DSc) yoki PhD, ilmiy unvon –professor, katta ilmiy xodim yoki dotsent bo‘lishi;
- Ingliz, rus va o‘zbek tillarini bilish (xitoy va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
- Xalqaro loyihalarda ishtirok etish, ilmiy hamkorlik va konferensiyalarda qatnashish tajribasi;
- Moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya qilish va ommalashtirish, shuningdek, Ipak yo‘li mamlakatlari, ayniqsa Markaziy Osiyo arxeologiyasi va tarixini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borish;
- Yetakchi ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etish bo‘yicha faol tajriba;
- Ilmiy jamoani boshqarish qobiliyati va yetakchilik ko‘nikmalari.
- Yuqori ish haqi;
- Yetakchi xalqaro olimlar va ilmiy markazlar bilan ishlash imkoniyati;
- Yirik xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etish;
- Boshqa sharoitlar suhbat davomida muhokama qilinadi.
BOSH ILMIY XODIM
Talablar:- Ilmiy daraja – fan doktori (DSc), ilmiy unvon – professor bo‘lishi;
- Ingliz, rus va o‘zbek tillarini yaxshi darajada bilish (xitoy va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
- Xalqaro loyihalarda ishtirok etish va ilmiy hamkorlik tajribasi;
- Moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash va restavratsiya qilish, shuningdek, Ipak yo‘li mamlakatlari, ayniqsa Markaziy Osiyoning arxeologiyasi va tarixini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borish;
- Yetakchi ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etish bo‘yicha faol tajriba.
- Yuqori ish haqi;
- Yetakchi xalqaro olimlar va ilmiy markazlar bilan ishlash imkoniyati;
- Yirik xalqaro tadqiqot va ilmiy-amaliy loyihalarda ishtirok etish;
- Boshqa sharoitlar suhbat davomida muhokama qilinadi.
YETAKCHI ILMIY XODIM
Talablar:- Ilmiy daraja – fan doktori (DSc) yoki PhD, ilmiy unvon –professor, katta ilmiy xodim yoki dotsent bo‘lishi;
- Ingliz, rus va o‘zbek tillarini bilish (xitoy va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
- Xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish tajribasi;
- Ipak yo‘li mamlakatlari, ayniqsa Markaziy Osiyoning moddiy madaniy merosini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot olib borish;
- Yetakchi ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etish bo‘yicha faol tajriba.
- Yaxshi ish haqi va o‘sish imkoniyati;
- Yetakchi xalqaro olimlar va ilmiy markazlar bilan ishlash imkoniyati;
- Yirik xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etish;
- Boshqa sharoitlar suhbat davomida muhokama qilinadi.
Iltimos, to‘rtta lavozim bo‘yicha talablarni diqqat bilan o‘rganing va agar ularga mos kelmasangiz, biz bilan bog‘lanmang. Iltimos, ariza topshirish uchun, rezyume va motivatsion xatingizni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: silkroad.iri@gmail.com Abdullayev Ulug‘bek +998903200288, Shamsiddinov Alisher +998935650524