Biz haqimizda
“Ipak yoʼli“ xalqaro tadqiqot instituti
"Ipak yoʼli" xalqaro tadqiqot instituti Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 30-oktyabrdagi PQ-5270-sonli "Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qaroriga binoan tashkil etilgan. Institutning faoliyati (keyingi oʼrinlarda "Ipak yoʼli"XTI) 2024-yil mart oyida boshlandi.





Institut Oʼzbekistonning yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi sifatida faoliyat yuritadi va Ipak yoʼli mamlakatlarining sivilizatsiyalari tarixini va moddiy madaniy merosini oʼrganish hamda ommalashtirishga ixtisoslashgan. Institut faoliyatining asosiy yoʼnalishlari quyidagi sohalarda nazariy va amaliy tadqiqotlarni oʼz ichiga oladi: tarixiy shaharlarning memorchiligi va shaharsozligi; koʼchmas moddiy madaniy meros obʼektlarini restavratsiya qilish va saqlab qolish; arxitektura va arxeologiya yodgorliklarini restavratsiya qilish, konservatsiyalash va muzeylashtirishdagi anʼanaviy tajriba va zamonaviy muammolar; Ipak yoʼli mamlakatlarining moddiy madaniy merosini saqlab qolish va ommalashtirishning zamonaviy usullari.
“Ipak yoʼli“XTIning maqsadi:
- Ipak yoʼli tarixi shaharlarining arxitektura merosini fundamental va amaliy tadqiqotlari;
- Ipak yoʼli mamlakatlari arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qilishning anʼanaviy usullarini, hamda saqlab qolish muammolari va ularni ratsional foydalanishni oʼrganish;
- Ipak yoʼli mamlakatlarining madaniy meros obʼektlarini tarixiy-madaniy va ziyoyorat turizmini rivojlantirish asosi sifatida oʼrganish;
- Ipak yoʼli arxeologik obʼektlarini oʼrganish, ularni konservatsiyalash va muzeylashtirish usullari;
- Ipak yoʼli mamlakatlarining madaniy meros obyektlarini oʼrganish va saqlab qolishda innovativ usullarni ishlab chiqish;
- Oʼzbekiston arxitektura yodgorliklari "Qoʼllanmasi"ni tumanlar boʼyicha yangi, kengaytirilgan va yangilangan shaklda tuzish.
“Ipak yoʼli“ XTI yaqindagi vazifalari — yoʼnalishlar boʼyicha tadqiqotlar:
- Markaziy Osiyo sufiylik maskanlarining arxitekturasi evolyutsiyasi;
- Markaziy Osiyo meʼmoriy yodgorliklarini restavratsiya qilish tarixi va metodikasi;
- Temuriylar davri bogʼlarining rejaviy tuzilishini aniqlashda GIS (geoinformatsion tizimlar)dan foydalanish va ushbu bogʼlarning eng mashhurlarini meʼmoriy tiklash boʼyicha takliflar;
- Shahrisabz oazisining arxitekturaviy merosi, uning mahalliy xususiyatlari, restavratsiya muammolari va tarixiy shahar markazini YuNESKOning Butunjahon merosi obyekti sifatida reabilitatsiya qilish boʼyicha takliflar;
- Oʼzbekiston meʼmoriy yodgorliklarini oʼrganish va restavratsiya qilishda innovatsion texnologiyalar, lazerli skanerlash va tanlangan obʼektlarning grafik tiklanishi;
- Samarkand viloyatidagi oʼrta asr meʼmoriy-madaniy tarixiy yodgorliklarining va restavratsiya tarixi, shuningdek, ularga asoslanib, ziyorat turizmining rivojlanishi;
- Toshkent viloyatining XII — XX asr boshlaridagi meʼmoriy yodgorliklari, ularning mintaqaviy xususiyatlarini aniqlash, saqlash masalalari va ahamiyatli obyektlarni restavratsiya qilish boʼyicha takliflar;
- Xalq hunarmandlarining anʼanaviy usullari — ustolar va ustozodalar meʼmoriy yodgorliklarini restavratsiya qilishda, shuningdek, ularni zamonaviy taʼmirlash ishlarida qoʼllash boʼyicha amaliy takliflar (Buxoro shahrining tajribasi misolida); Аna shunday anʼanalarni saqlash va qadimiy qurilish texnologiyalari, qurilish materiallari, retseptlar va h.k. boʼyicha maʼlumotlar toʼplash;
- Kattaqoʼrgʼon shahrining XVII — XX asr boshlaridagi shahar qurilishi va arxitekturasi, shuningdek, eng ahamiyatli obʼektlarni taʼmirlash boʼyicha amaliy takliflar;
- Yorugʼlik arxitekturasi — arxitektura yodgorliklarini kechki sanʼat yoritishi;
- Аrxeologik obʼektlarni saqlash va oʼrganish, ularni muzeylashtirish metodlari;
- Samarkand viloyatidagi meʼmoriy yodgorliklar toʼplamining birinchi tomini tuzish, uni yangilash va kengaytirish.
- Kengaytirilgan elektron va qogʼoz maʼlumotlar bazasi (Аrxiv maʼlumotlari, dala tadqiqotlari, foto va video materiallar, 3D modellar, rejalar, chizmalar, yodgorliklarning grafik tiklanishi va boshqalar).
Xalqaro hamkorlik
"Ipak yoʼli" XTI olti oydan kam boʼlgan davr mobaynida faoliyat yuritib, xalqaro ilmiy-tadqiqot, taʼlim markazlari-muassasalari, fondlar, uyushmalar, madaniy merosni oʼrganish, saqlash va ommalashtirish boʼyicha maxsuslashgan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni faol yoʼlga qoʼygan va katta hajmda kengaytirishni rejalashtirmoqda. Oʼzbekistondagi YuNESKO vakolatxonasi, Xalqaro turk madaniyati va merosi fondi (Baku sh.) bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan, shu bilan birga respublika va xorijiy mutaxassis tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumini imzolash uchun tayyorlangan.



Institut binosi haqida qisqacha
Institut 1890-1891 yillarda (bu sanalar binoning asosiy ikkita kirish qismining ustidagi bitiklarda koʼrsatilgan) Samarqand viloyati qoʼshinlar shtabi uchun qurilgan binoda joylashgan boʼlib, Samarqandning yangi qismida, YuNESKO ning Butunjahon merosi roʼyxatiga kiritilgan hududda joylashgan.




Bir qavatli rejasi "Г" shakliga ega boʼlgan binoning devorlari pishgan gʼishtdan qurilgan va maydonning burchakdagi qismiga joylashgan, asosiy tarzi Universitet xiyoboniga (sobiq Аbramovskiy) qaragan boʼlib, bino tarzlari oʼymakor gʼisht bezaklari bilan boyitilgan. Gʼishtli devor fonida, pilastrlarning, deraza va eshiklarning chetlari hajmli gʼisht shakllari gorizontal devor sathidan aniq boʼrtib, ajralib turadi. Bosh tarzning ikkita bir xil kirish qismi mavjud boʼlib, ularning zinapoyalari chetida gipsdan yasalgan katta oltin sher haykallari zinaning ikki tomonidan oʼrnatilgan. Birinchi kirish, Xalqaro Turizm va Madaniy Meros Universiteti "Ipak Yoʼli" rektorati kompleksiga olib borsa, ikkinchisi esa "Ipak Yoʼli" XTI ning qismiga olib boradi.