O‘zbekistonning anʼanaviy meʼmoriy keramikasini qayta tiklashning dolzarb masalalari mavzusida ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

2024-yil 14-dekabr kuni “O‘zbekistonning anʼanaviy meʼmoriy keramikasini qayta tiklashning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar doirasida noyob keramika mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bugun ushbu tadbir muhitiga yana qaytib, seminarning muhim qismiga aylangan ko‘rgazma haqida so‘zlab bermoqchimiz. Ekspozitsiya O‘zbekistonning boy anʼanaviy keramikasini namoyish etdi. Unga quyidagi ustalarning o‘z ishlarini shaxsan taqdim etishlari alohida qadr bag‘ishladi: - Otajonov Bahodir - Bobomurodov Mehroj Ilhomovich - Fattoev Bahodir Abduvorisovich - Bakaev Parviz Azimkulovich
Mazkur ko‘rgazma ishtirokchilarga ilhom bag‘ishladi, tajriba almashish maydoniga aylandi va anʼanaviy hunarmandchilikni saqlab qolish ahamiyatini taʼkidladi.
Ustalarimizga mahoratlari uchun, mehmonlarga esa O‘zbekiston meʼmoriy keramikasiga bo‘lgan qiziqishlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Shunday tadbirlarning xotiralari yangi loyihalar va ijodiy tashabbuslar uchun ilhom manbai bo‘lsin!




O‘xshash yangiliklar

“Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium
2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro…

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…