Ziyoratgohlar me’morchiligi – Samarqandning muqaddas maskanlarini o‘rganish

2025-yil 20-fevral kuni Xalqaro «Buyuk Ipak Yo‘li» ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari – me’morchilik fanlari doktori, professor Yusupova Mavlyuda Aminjonovna, institut ilmiy xodimlari Naberaeva Maysara Ahmedjanovna va Xudoyqulova Fotima Inatullayevna Samarqandning yodgorlik-ma’naviy majmualari bo‘ylab ilmiy ekspeditsiya o‘tkazdi. Ushbu maskanlar ziyorat turizmi yo‘nalishiga kiritilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar sifatida o‘rganildi.
Tadqiqot davomida yuqori tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator muhim yodgorliklar ziyorat qilindi: ulug‘ so‘fiy murshidi bo‘lmish Maxdumi A’zam majmuasi, mashhur mutafakkir va ilohiyotshunos Imom al-Moturidiy maqbarasi, Burconiddin Marg‘inoniy shogirdi Mavlono Darvesh mazori, Kubraviya tariqatining muhim peshvolaridan biri bo‘lgan Mahdumi Xorazmiy majmuasi, shuningdek, Naqshbandiya so‘fiylariga mansub Xoja Safoyi Vali majmuasi – “Qalandarxona”.







Shuningdek, tadqiqotchilar Amir Temurning sobiq qal’asi – Arki Oliyning sharqiy qismini ham o‘rganib, XIX asr oxirlariga oid “g‘isht uslubi”da qurilgan yirik fuqarolik binosining saqlanib qolgan me’moriy tuzilishini tahlil qildi. Shuningdek, kelajakda ushbu qal’ada arxeologik va me’moriy tadqiqotlar o‘tkazish hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish orqali uning qoldiqlarini saqlash va muzeylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ekspeditsiyaning asosiy maqsadlari yodgorliklarning joriy holatini monitoring qilish va tahlil etish, ularning Samarqand shahri va viloyati bo‘ylab ziyorat, tarixiy-madaniy va turistik marshrutlarga kiritish salohiyatini baholashdan iborat bo‘ldi.
O‘xshash yangiliklar

Yangi ilmiy jurnal
Yangi ilmiy jurnal — «Silk Road Heritage Studies»: maqolalar qabul qilinmoqda! «Ipak yo'li» xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti Buyuk Ipak yo'li mamlakatlarining madaniy, tarixiy va ilmiy merosini o'rganish, asrash va…

“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti , lazerli skanerlash, fotogrammetriya xizmatlarini taqdim etadi.
“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti zamonaviy geomatika texnologiyalaridan foydalangan holda tarixiy va madaniy meros obyektlarini suratga olish, hujjatlashtirish hamda raqamli shaklda saqlash bo‘yicha…

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) o‘qishga quyidagi ixtisoslik bo‘yicha tanlov e’lon qiladi: 18.00.01 - Arxitektura…