Malayziyaning USIM universiteti delegatsiyasi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutiga tashrif buyurdi

2026-yil 17-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutiga Malayziyaning Islom fanlari universiteti (Universiti Sains Islam Malaysia - USIM) delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi.

Delegatsiyaga USIM universiteti rektori, Dato’ Ts. Dr. Sharifudin Md Shaarani boshchilik qildi. Tashrifda, shuningdek, Muhandislik va qurilish muhiti fakulteti dekani, dotsent Dr. Nurul Syala Abdul Latip, dotsent Ar. IDr. Dr. Elina Mohd Husini hamda rektorning maxsus masalalar bo‘yicha vakili Mohamad Alif bin Marzuki ishtirok etdi. Uchrashuvda Malayziyaning Melaka texnika universiteti (Universiti Teknikal Malaysia Melaka - UTeM) xalqaro strategiya masalalari bo‘yicha maslahatchi-vakili, shuningdek, Samarqand davlat texnika universiteti rektorining maslahatchisi Dr. Ozoda Yuldasheva ham qatnashdi.

Mehmonlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ma’muriy masalalar bo‘yicha prorektori Dilmurod Abdulloyevich Nasimov kutib olib, institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston, xususan, Samarqandning boy me’moriy va madaniy merosini ilmiy o‘rganish, tarixiy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish, ularni zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida hujjatlashtirish hamda turizm salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning muhim qismlaridan biri professor
Nurul Syala Abdul Latip tomonidan
2026–2031-yillarga mo‘ljallangan “I-DIA: Strategik hamkorlik yo‘l xaritasi”
loyihasining taqdimoti bo‘ldi. Unda islom me’morchiligi va san’atini tadqiq
etishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy markaz tashkil etish, me’moriy
yodgorliklarning raqamli arxivini yaratish, LiDAR texnologiyasi yordamida uch
o‘lchamli lazerli skanerlash, sun’iy intellekt (AI), virtual reallik (VR) hamda
kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalaridan ilmiy-amaliy faoliyatda
foydalanish istiqbollari yoritildi.
O‘xshash yangiliklar

Travel dayjest: 16.11–20.11.2026
Turizm sohasidagi haftaning asosiy yangiliklari va voqealari (16.11–20.11.2026). To‘liq son PDF formatida.

Tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul doirasida 2026-yil 11-noyabr kuni tayanch doktorantura…

Travel dayjest: 09.11–013.11.2026
Turizm sohasidagi haftaning asosiy yangiliklari va voqealari (09.11–13.11.2026). To‘liq son PDF formatida.