"Ipak yoʻli" xalqaro tadqiqot instituti Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro “Turk dunyosi meʼmorchiligi va shaharsozligi Qurultoyi” da faol ishtirok etdi

"Ipak Yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi "Ipak yoʻli" xalqaro tadqiqot instituti xodimi 2025-yil 19-fevral kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro “Turk dunyosi meʼmorchiligi va shaharsozligi Qurultoyi” da faol ishtirok etdi.

Tadbirda Turk davlatlari tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Turk davlatlari meʼmorlari va shaharsozlari uyushmasi raisi Ilyas Demirchi, Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi Azamat Toʻxtayev, Oʻzbekiston Qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev hamda Oʻzbekiston va Turkiyaning koʻplab mutaxassislari oʻz tabrik nutqlari va maʼruzalari bilan qatnashdilar.


Tadbirda “Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti direktori, meʼmorchilik fanlari doktori, professor M.A. Yusupova “Madaniy merosni asrash – qadimiy shaharlarni restavratsiya qilish va madaniy yodgorliklarni muhofaza etish yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston arxitekturasini taʼmirlash maktabi va uning turkiy dunyo restavratorlari bilan hamkorlik istiqbollari” mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi va uning matnini tegishli rasmlar bilan Turkiyaning Anqara shahrida chop etiladigan “Qurultoy” materiallari toʻplamida nashr etishga kelishildi.
O‘xshash yangiliklar

“Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium
2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro…

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…

“Buyuk Xitoy devori” va “Imperatorlar saroyi (Yopiq shahar)”ga tashrif
2025-yil 29–30 noyabr kunlari “Ipak yo‘li” Xalqaro Turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti delegatsiyasi Xitoy madaniy merosining ikki yirik ramzi — “Buyuk Xitoy devori”…