Institutda oliy ta'limdan keyingi ta'lim bo'yicha qabul boshlandi

“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) 18.00.01-“arxitektura nazariyasi va tarixi. arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Mustaqil izlanuvchilk(PhD, DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni tadqim etishlari zarur:
- Ariza;
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (pdf);
- Pasport nusxasi;
- 3x4 rasm, 2 dona;
- Taxminiy dissertatsiya mavzusi va asosnomasi;
- Ish joyidan tavsifnoma
- Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
Stajor tadqiqotchilik instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga tayyorgarlik boshqichi hisoblanishi belgilanganligi sababli talabgorlardan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi.
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim daraja.ilmiy.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Qabul: 25-apreldan 15-mayga qadar davom etadi.
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga huttat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 20, “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti Murojaat uchun telefon: +998 91 549 08 08 Elektron manzil: maxmudxony@gmail.com
O‘xshash yangiliklar

Yangi ilmiy jurnal
Yangi ilmiy jurnal — «Silk Road Heritage Studies»: maqolalar qabul qilinmoqda! «Ipak yo'li» xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti Buyuk Ipak yo'li mamlakatlarining madaniy, tarixiy va ilmiy merosini o'rganish, asrash va…

“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti , lazerli skanerlash, fotogrammetriya xizmatlarini taqdim etadi.
“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti zamonaviy geomatika texnologiyalaridan foydalangan holda tarixiy va madaniy meros obyektlarini suratga olish, hujjatlashtirish hamda raqamli shaklda saqlash bo‘yicha…

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) o‘qishga quyidagi ixtisoslik bo‘yicha tanlov e’lon qiladi: 18.00.01 - Arxitektura…