
Xodim haqida
Rayimkulov Akmal— Arxitektor, pedagog va tadqiqotchi. Hozirda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutining “Turizm obyektlarini rivojlantirish va konseptual loyihalash” bo‘limida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritadi. Uning ilmiy va kasbiy faoliyati me’moriy yodgorliklarning shakllanish tarixi, me’moriy xususiyatlari, ta’mirlash va qayta tiklash bosqichlari hamda ulardan bugungi kunda foydalanish holatini o‘rganishga qaratilgan. Shuningdek, u me’moriy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash va konservatsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ziyorat turizmini rivojlantirish masalalarini tadqiq etadi. Ilmiy faoliyati davomida me’moriy meros obyektlari asosida turistik marshrutlar ishlab chiqish, zamonaviy asbob-uskunalar yordamida yodgorliklarda o‘lchov ishlarini amalga oshirish, ularning raqamli modellarini yaratish va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Ta’lim
2007-2012 · bakalavr
Arxitektura
Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurulish instituti
2012-2014 · Magistr
Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarinita’mirlash va tiklash
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurulish instituti
Ilmiy va uslubiy nashrlar
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa materiallar
- O‘.O‘. Mamatqulov, A.A. Rayimkulov. - Arxitektura yodgorliklari restavratsiyasini loyihalash. O‘quv qo ‘llanma. Samarqand-2024 y. 144 b.
Ilmiy maqolalar
- Rayimkulov A.A. Samarqand viloyati Urgut tumanidagi ziyoratgohlari (Shirboq Ota ziyoratgohi misolida) // Me’morchilik va qurilish muammolari. – Samarqand, 2020. – № 2. – B. 14–17.
- Rayimkulov A.A. Samarqand viloyati Ko‘k Ota ziyoratgohining shakllanishi, me’moriy jihatlari va ta’mirlanish tarixi // Me’morchilik va qurilish muammolari. – Samarqand, 2021. – № 1 (1-qism). – B. 12–15.
- Rayimkulov A.A. Ostona Bobo majmuasining tarixi va me’moriy jihatlari // San’at. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jurnali. – Toshkent, 2021. – № 2. – B. 15–18. Maqola o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etilgan.
- Rayimkulov A.A. Mahdumi A’zam diniy-memorial kompleksi me’morchiligining o‘ziga xosligi // O‘zbekiston arxitekturasi va qurilishi. – Toshkent, 2021. – № 05–06. – B. 54–60.
- Rayimkulov A.A. Memorial majmualarning ta’mirlanish tarixi va uslublari: Samarqand shahridagi Xo‘ja Safoi Vali majmuasi misolida // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. – Xiva, 2022. – № 8/3 (93). – B. 132–136. Maqolada majmuaning shakllanishi, me’morchiligi, ta’mirlanish tarixi, rekonstruksiya usullari va zamonaviy holati o‘rganilgan.
- Rayimkulov A.A. History and Methods of Renovation of Memorial Complexs: The Example of Khoja Safoi Vali Complex in Samarkand // Theoretical and Applied Science. – 2022. – Issue 08. – Vol. 112.
- Rayimkulov A.A. The History of Architecture and Restoration of Khwaja Akhrori Vali Memorial-Cult Complex in Samarkand // History of Architecture and Conservation in Transoxiana (Maveraünnehir): International Online Symposium Proceedings Book. – Istanbul: Yeditepe University, 2022. – P. 91–96.
- Rayimkulov A.A. Samarqanddagi Xo‘ja Abdi Berun majmuasi me’morchiligi: madaniy meros sifatidagi ahamiyati // “Arxitektura: meros va zamonaviylik” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent: TAQI, 2022. – B. 197–200.
- Rayimkulov A.A. Khoja Abdi Berun Complex in Samarkand's Architectural Significance as a Cultural Heritage // Central Asian Journal of Arts and Design. – 2023. – Vol. 4. – Issue 2. – P. 23–27. Maqola 2023-yil 27-fevralda onlayn nashr etilgan.
- Rayimkulov A. Architecture of the Sufi Masque “Ostona Bobo” Samarkand Region of the XV–XVI Centuries // Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture. – 2023. – Vol. 2. – No. 4. – P. 68–74.
- Rayimkulov A. Chor-Chinor ziyoratgohining shakllanishi va masjid me’morchiligining o‘ziga xosligi // Cultural Echoes on the Silk Road: Bridging Historical Legacies with Modern Tourism: International Scientific and Practical Conference. – 16–18 May 2024. – B. 356–367. – DOI: 10.5281/zenodo.11219106.
- Rayimkulov A.A. Samarqanddagi Xo‘ja Abdi Berun majmuasi me’morchiligi va uning ziyorat turizmini rivojlantirishdagi o‘rni // “Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” I Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium materiallari. – Samarqand, 2025. – B. 390–393. – ISBN 978-9910-8855-9-4.
- Rayimkulov A.A. Samarqand viloyati memorial majmualarning arxitekturaviy shakllanishi va ziyorat turizmidagi ahamiyati // “Zilzilabardoshlik sohasida salohiyatni oshirish” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi (IERBS-2025). – Toshkent, 11–13 mart 2025. – B. 294.
- Rayimkulov A.A. XV–XVI asrlar Samarqand viloyati Nurobod tumani “Ostona Bobo” so‘fiylar maskani me’morchiligi // Nurobod – qadimiy maskan: jamoaviy monografiya. – Samarqand: Access Service, 2025. – B. 112–120.