Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) o‘qishga quyidagi ixtisoslik bo‘yicha tanlov e’lon qiladi:
18.00.01 - Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash.
Mustaqil izlanuvchilkka (PhD) o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
1) Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
2) Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi, ilovalari bilan birgalikda;
3) Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis)
Mustaqil izlanuvchilik (DSc) o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka)
- PhD yoki unga teng ilmiy daraja diplomi nusxasi
- Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis)
Barcha hujjatlar pdf shaklda tayyorlanib, Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizim http://daraja.ilmiy.uz orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.
Hujjatlar qabuli muddati: 2026-yil 15-apreldan 15-maygacha
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjat topshirgan talabgorlar uchun o‘qishga kirish uchun suhbat mutaxassislik fanidan bo‘lib o‘tadi. Imtihon kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha e’lon beriladi.
Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 20-uy, “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti doktorantura bo‘limi
Elektron manzil: Info@silkroadiri.uz
Murojaat uchun tel: +998937258605
O‘xshash yangiliklar

Yangi ilmiy jurnal
Yangi ilmiy jurnal — «Silk Road Heritage Studies»: maqolalar qabul qilinmoqda! «Ipak yo'li» xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti Buyuk Ipak yo'li mamlakatlarining madaniy, tarixiy va ilmiy merosini o'rganish, asrash va…

“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti , lazerli skanerlash, fotogrammetriya xizmatlarini taqdim etadi.
“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti zamonaviy geomatika texnologiyalaridan foydalangan holda tarixiy va madaniy meros obyektlarini suratga olish, hujjatlashtirish hamda raqamli shaklda saqlash bo‘yicha…

Institut mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha ekspeditsiya
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti xodimlari bahorgi dala tadqiqotlari mavsumini boshladilar. Tadqiqot institut direktori, arxitektura fanlari…