Skip to content
Silkroad IRI

Yangi ilmiy jurnal

1 daqiqa o‘qish
Yangi ilmiy jurnal

Yangi ilmiy jurnal — «Silk Road Heritage Studies»: maqolalar qabul qilinmoqda!
«Ipak yo'li» xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti Buyuk Ipak yo'li mamlakatlarining madaniy, tarixiy va ilmiy merosini o'rganish, asrash va ommalashtirishga bag'ishlangan yangi xalqaro taqrizlanadigan ilmiy jurnal — «Silk Road Heritage Studies» ochilganini e'lon qiladi.
Jurnalning asosiy nashr tili — ingliz tili; maqolalarga ingliz, o'zbek va rus tillarida annotatsiya va kalit so'zlar ilova qilinadi. Jurnal yiliga ikki marta — aprel va oktyabr oylarida nashr etiladi, kelgusida choraklik nashr formatiga o'tish rejalashtirilgan. Jurnal Ochiq Kirish (Open Access) tamoyili asosida faoliyat yuritadi.
Jurnalning ilmiy yo'nalishlari:
Buyuk Ipak yo'lining arxeologiyasi, tarixiy geografiyasi va artefaktlari;
arxitektura merosi, tarixiy shaharsozlik, yodgorliklarni restavratsiya va konservatsiya qilish;
qo'lyozma merosi, paleografiya, kodikologiya va arxiv materiallarini raqamlashtirish;
muzeyshunoslik va muzey sohasidagi raqamli texnologiyalar;
zamonaviy badiiy amaliyotlar, an'anaviy hunarmandchilik va kreativ industriyalar;
madaniy merosdan barqaror turizm resursi sifatida foydalanish;
xalqaro ilmiy hamkorlik va madaniyatlararo muloqot;
Buyuk Ipak yo'li mamlakatlarining atoqli olimlari biografiyasi va ilmiy maktablari.
Jurnalda original ilmiy maqolalar, sharh maqolalari, amaliy holat tahlillari (case studies), ilmiy ekspeditsiya natijalari, manbashunoslik tadqiqotlari, kitob taqrizlari hamda Tahrir hay'ati ma'qullagan boshqa ilmiy materiallar chop etiladi.
Maqolalar qabul qilish boshlandi. Jurnal Open Journal Systems (OJS) platformasida ishlaydi. Maqolangizni topshirish uchun rasmiy sayt menyusidagi «About» → «Submissions» bo'limiga o'ting:
👉 https://heritagesilkroad.uz/index.php/srhs/about/submissions
Maqola topshirish uchun avval platformada ro'yxatdan o'tish zarur:
👉 https://heritagesilkroad.uz/index.php/srhs/user/register
Qo'lyozmalarni rasmiylashtirish talablari «Manuscript Submission Guidelines» sahifasida keltirilgan:
👉 https://heritagesilkroad.uz/index.php/srhs/Guidelines
Turli mamlakatlardan bo'lgan olimlar, doktorantlar va amaliyotchi mutaxassislarni jurnalning birinchi sonini shakllantirishda ishtirok etishga taklif qilamiz!

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar