
Samarqandda “O‘zbekistonning an’anaviy arxitektura keramikasini qayta tiklashning dolzarb muammolari” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminar yakunlandi.
Tadbirda Turkiya, Xitoy va Eron kabi mamlakatlardan yetakchi olimlar, shuningdek, O‘zbekiston shaxarlari - Toshkent, Buxoro, Gijduvon, Samarqand va Xorazmning Xonka va Yangiariq tumanlaridan tajribali restavratorlar va koshinpaz ustalar ishtirok etdilar. Ular so‘nggi ilmiy tadqiqotlar va muvaffaqiyatli amaliy loyihalarni taqdim etishdi, shuningdek sirlangan me’moriy koshin bezaklarini tiklashning zamonaviy va an’anaviy texnologiyalarini muhokama qilishdi.
Seminar davomida arxitektura bezaklarining autentik, yaniy birlamchi tarixiy ko‘rinishini hamda ularni uzoq muddatga saqlanishini ta’minlash uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Ma’ruza matnlari va muhokamalar natijalari 2025 yil boshida nashr etilishi rejalashtirilgan.
Xalqaro seminarga o‘z hissasini qo‘shgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!








O‘xshash yangiliklar

“Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium
2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro…

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…