"Ipak yo‘li" xalqaro tadqiqot instituti va Janubi-Sharqiy universiteti (Nankin, Xitoy) hamkorlari Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni muhofaza qilish kunini dala tadqiqotlari orqali nishonladilar

Har yili 18-aprel kuni butun dunyo Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni muhofaza qilish kunini (Jahon merosi kuni) nishonlaydi. O‘zbekistonda bu kun me’moriy restavratorlar uchun kasbiy bayram bo‘lib, ular mamlakatimizning me’moriy merosini o‘rganish va asrash bilan shug‘ullanadi.
"Ipak yo‘li" xalqaro tadqiqot instituti ushbu kunni Samarqand yodgorliklarida dala tadqiqotlari o‘tkazish bilan nishonladi. Mazkur Janubi-Sharqiy universitetdan kelgan mutaxassislar guruhi ham ushbu tadqiqotlarda ishtirok etdi. Lazerli skanerlash va bir qancha me’moriy yodgorliklarni tahometr va dronlar yordamida fotogrammetrik tasvirlarni olish orqali o‘rganish ishlari olib borildi. Institutning boshqa xodimlari esa Amir Temur qal’asidagi Oliya arkini o‘rgandilar va o‘z topilmalarini Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti rahbariyati bilan muhokama qildilar. Mazkur institut xodimlari obyektda bir nechta shurf qazishgan edi.





O‘xshash yangiliklar

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…

“Buyuk Xitoy devori” va “Imperatorlar saroyi (Yopiq shahar)”ga tashrif
2025-yil 29–30 noyabr kunlari “Ipak yo‘li” Xalqaro Turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti delegatsiyasi Xitoy madaniy merosining ikki yirik ramzi — “Buyuk Xitoy devori”…

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…