Skip to content
Silkroad IRI

“Ipak yo’li” xalqaro tadqiqot institutida Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Markazining ochilish marosimi bo’lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish
“Ipak yo’li” xalqaro tadqiqot institutida Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Markazining ochilish marosimi bo’lib o‘tdi

2025-yilning 27-may sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida uzoq kutilgan va muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. Institut hamda Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Fondi bilan hamkorlik memorandum imzolanib, hamkorlik doirasida Institutda ushbu fond huzuridagi Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Markazi ochilishi marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Turk Madaniyati va Merosi Fondi Prezidenti Aktoti Rakhmatullayevna Raimkulova, Fond loyiha boshqaruvchisi va diplomat Talgat Muxamov, Ozarbayjonlik Arxitektura fanlari doktori, Professor Reyha Khanum Amenzade, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo'yicha prorektori Tongqian Zou hamda boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

Markazning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng Institut direktori Professor Mavlyuda Yusupova hamda Fond Prezidenti Aktoti Raimkulova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Fond hamda Institut o‘rtasidagi hamkorlikning kelajakdagi istiqbollari hamda qo‘shma ilmiy va madaniy loyihalar tashkil etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Institut ma'muriyati Xalqaro Turk Madaniyati va Merosi Markazi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar