Skip to content
Silkroad IRI

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi

1 daqiqa o‘qish
“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi

"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari”
II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumining ochilishi bo’lib o’tmoqda.

Simpoziumda Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh va bir qator Markaziy Osiyo davlatlaridan iborat jami o'n to'qqiz mamlakatdan arxeologlar, san'atshunoslar, restavratorlar, me'morlar, muzey mutaxassislari va madaniy meros bo'yicha mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, simpozium ochilishida institut direktori, professor M. Yusupova institut tashkil etilganidan buyon o‘tgan ikki yil ichida amalga oshirilgan ishlarning asosiy natijalariga bag‘ishlangan ma’ruza qildi. Ayniqsa bir necha yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli loyiha — O‘zbekiston me’moriy yodgorliklari to’plamining dastlabki natijalari alohida yoritildi.

II Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium doirasida "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi "Ipak yo'li" xalqaro tadqiqot instituti hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzolashdi.

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar

АХБОРОТ ХАТИ
Simpoziumlar

АХБОРОТ ХАТИ

“ИПАК ЙЎЛИ МОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСИНИ ЎРГАНИШ ВА САҚЛАШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ” мавзусидаги II халқаро илмий-амалий симпозиум ининг АХБОРОТ ХАТИ “Ипак йўли” халқаро туризм ва маданий мерос университети ҳузуридаги “Ипак…

AXBOROT XATI
Simpoziumlar

AXBOROT XATI

III Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium “Ipak yo‘li merosi: madaniy transferlar, saqlash amaliyotlari va turistik taqdimot” “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot…