Malayziya Texnologiya Universiteti delegatsiyasining “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutiga tashrifi

2025-yil 18-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti Malayziya Texnologiya Universitetining yetakchi olimlari delegatsiyasini qabul qildi. Ushbu rasmiy tashrif O‘zbekiston va Malayziya ilmiy muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklarini saqlash, ularni zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘rganish, shuningdek restavratsiya va asrab-avaylash masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Bundan tashqari, O‘zbekistonning memorial-diniy majmualari — muqaddas ziyoratgohlar asosida ziyorat turizmini rivojlantirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar kelajakdagi hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini belgilab oldilar, jumladan, ilmiy hamkorlik, tajriba almashish va ikkala tomon o‘rtasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu hamkorlik nafaqat ilmiy aloqalarni mustahkamlash, balki ikki mamlakat o‘rtasida madaniy va turizm sohasida ham rivojlanishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, u O‘zbekistonning boy tarixiy merosini jahon miqyosida targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.






O‘xshash yangiliklar

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…

Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlik kengaymoqda
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “ Me’moriy meros dekadasi ” doirasida 10 kunlik “ Yozgi Xalqaro Arxitektura Akademiyasi ” bo‘lib…

АХБОРОТ ХАТИ
“ИПАК ЙЎЛИ МОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСИНИ ЎРГАНИШ ВА САҚЛАШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ” мавзусидаги II халқаро илмий-амалий симпозиум ининг АХБОРОТ ХАТИ “Ипак йўли” халқаро туризм ва маданий мерос университети ҳузуридаги “Ипак…