Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlik kengaymoqda

Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Me’moriy meros dekadasi” doirasida 10 kunlik “Yozgi Xalqaro Arxitektura Akademiyasi” bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro guruh tarkibida – “Ipak yo‘li” instituti ilmiy xodimlari, Malayziyaning Nilay shahridagi Islomiy tadqiqotlar universiteti (USIM) Muhandislik va arxitektura fakulteti dekan o‘rinbosari, Dr Noor Hayati Ismail boshchiligidagi doktorantlar va talabalar, hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professori S. Usmonov rahbarligidagi talabalar Samarqandda ilmiy izlanishlar olib borishdi.
Tadqiqot jarayonida olimlar va talabalar Xo‘ja Ahror Vali majmuasidagi Nodir Devonbegi madrasasini an’anaviy uslublar hamda zamonaviy innovatsion texnik vositalar yordamida o‘rgandilar va o‘lchov ishlarini amalga oshirdilar.
Ushbu ilmiy-amaliy faoliyat yangi xalqaro loyiha maqomini oldi. Loyihaning natijalari Malayziyada, shuningdek, O‘zbekistonda ham kitob ko‘rinishida, yirik ko‘rgazma va taqdimotlar orqali namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur tashrif Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy-amaliy hamda madaniy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.









O‘xshash yangiliklar

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…

Malayziya Texnologiya Universiteti delegatsiyasining “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutiga tashrifi
2025-yil 18-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti Malayziya Texnologiya Universitetining yetakchi olimlari delegatsiyasini qabul qildi…