
III Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium
“Ipak yo‘li merosi: madaniy transferlar, saqlash amaliyotlari va turistik taqdimot”
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-sonli “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlarni uzluksiz tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.2024-yil va 2025-yillar kuzida Institut tomonidan ilk marotaba ikki yillik xalqaro simpozium o‘tkazildi, ularda 170 ga yaqin olim va mutaxassislar, jumladan 19–20 ta xorijiy davlat vakillari ishtirok etdi.
2026-yil 6–7-oktabr kunlari “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti Samarqand shahrida “Ipak yo‘li merosi: madaniy transferlar, saqlash amaliyotlari va turistik taqdimot” nomli III Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumni o‘tkazadi.
Ipak yo‘li ko‘p asrlar davomida Yevrosiyo sivilizatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning eng muhim makonlaridan biri bo‘lib kelgan. Savdo va madaniy yo‘llar tarmog‘i orqali badiiy g‘oyalar, texnologiyalar, materiallar va estetik tamoyillarning faol almashinuvi amalga oshgan bo‘lib, u Sharqiy Osiyodan O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan hududlarni birlashtirgan o‘ziga xos madaniy muhitni shakllantirgan. Ana shunday sharoitda turli madaniy an’analar va kasbiy amaliyotlarning o‘zaro ta’sirini aks ettiruvchi yangi badiiy sintez shakllari yuzaga kelgan.
Simpozium Ipak yo‘li mamlakatlarining badiiy merosini murakkab madaniy transferlar tizimi sifatida o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu tizim doirasida badiiy an’analar, texnologiyalar va vizual shakllarning shakllanishi hamda tarqalishi yuz bergan. Me’moriy merosga turistik jozibadorlikning muhim resursi hamda madaniy yo‘nalishlar va barqaror turizmni shakllantirishning asosi sifatida alohida e’tibor qaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, yirik sulolalar homiyligida shakllangan badiiy maktablar hamda Ipak yo‘li yo‘nalishlari bilan bog‘liq hududlarda rivojlangan xalq san’ati ham tadqiqot markazida bo‘ladi.
Fanlararo muloqot doirasida me’moriy va san’at yodgorliklarini tadqiq etish, restavratsiya va konservatsiya qilishning zamonaviy usullari, badiiy texnologiyalarni atributsiya qilish va o‘rganish muammolari, shuningdek muzeylarda namoyish etish va madaniy merosni turistik yo‘nalishlar kontekstida ommalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Simpozium san’at tarixchilari, sharqshunoslar, arxeologlar, me’morlar, restavratorlar, turizm sohasi mutaxassislari, muzey xodimlari hamda ishlab chiqarish texnologiyalari tadqiqotchilarini qamrab olgan fanlararo muloqotga yo‘naltirilgan. Uning asosiy maqsadi — Ipak yo‘li mamlakatlarining badiiy merosini Yevrosiyodagi madaniy o‘zaro ta’sir va tarixiy xotiraning muhim hodisasi sifatida ilmiy jihatdan chuqurroq anglashni kengaytirishdir.
Ilmiy yo‘nalishlar (rejalashtirilayotgan seksiyalar)
- Ipak yo‘li badiiy transferlar makoni sifatida: tarix, nazariya, metodologiya.
- Me’moriy meros va uning tarixiy-madaniy hamda ziyorat turizmini rivojlantirishdagi ahamiyati.
- Saroy madaniyati va xalq amaliy-dekorativ san’ati. Badiiy maktablarning shakllanishida homiylikning roli; xalq ijodi jamoaviy tajriba sifatida.
- Yodgorliklarni konservatsiya va restavratsiya qilish. Tadqiqotning fanlararo usullari, zamonaviy restavratsiya amaliyotlari.
- Raqamli texnologiyalar, muzey taqdimoti va merosning turizm salohiyati. 3D hujjatlashtirish, raqamli arxivlar, virtual rekonstruksiya, muzey faoliyatini raqamlashtirish, madaniy marshrutlar.
Simpoziumda ishtirok etish uchun san’at va me’morchilik tarixchilari, arxeologlar, sharqshunoslar, restavratorlar, materialshunoslar, muzey kuratorlari hamda turizm sohasi mutaxassislari taklif etiladi. Manbashunoslik va arxiv tadqiqotlari, asarlarning texnologik tahlili, shuningdek nazariy va metodologik izlanishlar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Simpozium tillari: o‘zbek, ingliz va rus tillari.
Simpoziumda ishtirok etish uchun ko‘rsatilgan tillarda tezislar qabul qilinadi. Tashkiliy qo‘mita ilmiy kengashi simpozium yakunlariga ko‘ra nashr uchun materiallarni tanlab olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Simpoziumni o‘tkazish formati: oflayn va onlayn.
Transport xarajatlari yuboruvchi tomon tomonidan qoplanadi.
Mehmonxonada yashash (ikki kecha, 6 va 7-oktyabr), ovqatlanish hamda madaniy tadbirlarda ishtirok etish (ekskursiyalar, ko‘rgazmalar), me’moriy yodgorliklarga kirish chiptalari “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan qoplanadi.
Simpozium o‘tkaziladigan manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosi.
Tezislarni rasmiylashtirish talablari: matnlar Word 97–2003 va rtf formatlarida qabul qilinadi; shrift — Times New Roman, o‘lchami 12; qatorlar oralig‘i — 1,5; sahifa maydonlari standart (chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqoridan va pastdan 2 sm). Materiallar uch tilda — o‘zbek, ingliz va rus tillarida alohida fayllarda taqdim etilishi lozim. Har birining hajmi 300 so‘z, jumladan kalit so‘zlar va muallif(lar) haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Muallif familiyasi anketa va tezis fayllari nomida ham ko‘rsatilishi shart.
Sahifaning birinchi qatorida markaz bo‘ylab bosh harflar bilan, qalin shriftda ma’ruza nomi beriladi; bir qator tashlab, qalin kichik harflar bilan muallif(lar)ning ismi va familiyasi; keyingi qatorda — ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni (mamlakat), e-mail.
Bir qator tashlab tezis matni beriladi. Matndan so‘ng bir qator tashlab yetti-sakkizta kalit so‘z keltiriladi.
Tezislar uchala tilda ham bir xil qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Arizada muallif uchun qaysi til ishchi til ekanligi ko‘rsatilishi zarur.
Simpoziumning ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar mualliflarning shaxsiy tadqiqotlari, ularning tahlili va xulosalariga asoslangan bo‘lishi lozim; ilmiy-amaliy tavsiyalar texnik va uslubiy talablarga muvofiq tayyorlanishi kerak.
Simpozium tashkiliy qo‘mitasining ilmiy kengashi mavzular va ishtirokchilarni tanlab olish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Mualliflar o‘z taqdimotlari mazmuni uchun to‘liq javobgardir.
Ishtirok etish uchun arizalar (muallif anketasi) va tezislar 2026-yil 20-iyulga qadar quyida ko‘rsatilgan havola orqali taqdim etilishi lozim:
Yuzaga keladigan savollar bo‘yicha quyidagi e-mail manziliga murojaat qilishingiz so‘raladi:
viktoriya.anshakova@gmail.com
shirina.akhunova@gmail.com
malikaakrom12@gmail.com
Aloqa uchun mas’ul shaxslar: Shirina Axunova, Viktoriya Anshakova, Malika Akromova.
Telefon, Telegram va WhatsApp quyidagi raqamlar orqali:
+998 99 823 56 74 Viktoriya
+998 99 804 04 36 Shirina
+998 94 516 33 99 Malika
Tezislarni rasmiylashtirish namunasi:
MADANIY MEROS OBYEKTLARINI TADQIQ ETISH VA RESTAVRATSIYA QILISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI
ABDULLA ABDULLAYEV
Samarqand davlat universiteti,
dotsent, PhD arxitektura fanlari bo‘yicha (O‘zbekiston)
abdullaev@gmail.com
Kalit so‘zlar: vergul bilan ajratilgan 7–8 ta so‘z.
Matn matn matn (350 so‘zdan oshmasligi kerak).
Xuddi shu tartibda — ingliz tilida.
Xuddi shu tartibda — o‘zbek tilida.
O‘xshash yangiliklar

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…

АХБОРОТ ХАТИ
“ИПАК ЙЎЛИ МОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСИНИ ЎРГАНИШ ВА САҚЛАШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ” мавзусидаги II халқаро илмий-амалий симпозиум ининг АХБОРОТ ХАТИ “Ипак йўли” халқаро туризм ва маданий мерос университети ҳузуридаги “Ипак…

“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti delegatsiyasining Pekindagi bir qator ilmiy va madaniy muassasalarga tashrifi
2025-yil 28-noyabrdan 2-dekabrgacha “Ipak yo‘li” Xalqaro Turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti xodimlari, institut direktori prof. M. A. Yusupova boshchiligida Pekindagi…