“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti delegatsiyasining Pekindagi bir qator ilmiy va madaniy muassasalarga tashrifi

2025-yil 28-noyabrdan 2-dekabrgacha “Ipak yo‘li” Xalqaro Turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti xodimlari, institut direktori prof. M. A. Yusupova boshchiligida Pekindagi bir qator ilmiy va madaniy muassasalarga tashrif buyurib, seminar va workshoplarda ishtirok etdilar.
Delegatsiya “Beijing City University”ning faoliyati, laboratoriyalari va ijodiy ishlari, “Beijing Ceramic Art Museum”ning betakror muzey to‘plami, shuningdek, Xitoyning me’moriy durdonalari — Buyuk Xitoy devori, bir qator diniy majmualar, jumladan “The Temple of Heaven” bilan tanishdi.
Besh kunlik tashrif yakunida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Ipak yo‘li madaniy merosi, Xitoy va O‘zbekistonning qadimgi va zamonaviy ilmiy aloqalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan prof. M. A. Yusupova, shuningdek, prof. Li Bing (“Cultural Relics Digital Research Center” direktori va “Institute of Cultural Heritage, Beijing City University” o‘rinbosari), hamda boshqa yetakchi xitoylik olim va mutaxassislar chiqish qildilar.
Uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, akademik almashinuv dasturlari hamda ko‘rgazmalar tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif yakunida prof. M. A. Yusupova “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti delegatsiyasi nomidan “Beijing City University”, “Beijing Ceramic Art Museum” rahbariyatiga, shuningdek, Pekindagi boshqa tadbirlar tashkilotchilariga samimiy qabul, mazmunli uchrashuvlar, seminar va workshoplar uchun minnatdorchilik bildirdi. Akademik almashinuv dasturi Xitoy va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.







O‘xshash yangiliklar

АХБОРОТ ХАТИ
“ИПАК ЙЎЛИ МОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСИНИ ЎРГАНИШ ВА САҚЛАШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ” мавзусидаги II халқаро илмий-амалий симпозиум ининг АХБОРОТ ХАТИ “Ипак йўли” халқаро туризм ва маданий мерос университети ҳузуридаги “Ипак…

AXBOROT XATI
III Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium “Ipak yo‘li merosi: madaniy transferlar, saqlash amaliyotlari va turistik taqdimot” “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot…

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…