Skip to content
Silkroad IRI

Qozogʼiston restavratsiya sohasi mutaxassislari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

1 daqiqa o‘qish
Qozogʼiston restavratsiya sohasi mutaxassislari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Olmaota shahrida, Buyuk Ipak yoʼlining Fargʼona-Sirdaryo yoʼlagi boʼylab joylashgan moddiy madaniy meros yodgorliklarini YUNESKOning Umumjahon roʼyxatiga kiritishga bagʼishlangan yigʼilish doirasida Qozogʼiston restavratsiya sohasi mutaxassislari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv Oʼzbekiston va Qozogʼistondagi arxeologik va meʼmoriy yodgorliklarni oʼrganish, tiklash hamda saqlash boʼyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan.

Mazkur memorandumni “Ipak yoʼli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yoʼli” xalqaro tadqiqot instituti direktori M. А. Yusupova va Qozogʼiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi huzuridagi “Qazrestavratsiya” korxonasining loyiha va tadqiqot filiali direktori B. M. Baysalboev imzoladi.“ Qazrestavratsiya”meʼmor-restavratorlari uzoq vaqtdan beri Oʼzbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Ushbu memorandum madaniy merosni asrash sohasidagi muassasalarimiz oʼrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, kengaytirish va rasmiylashtirishga xizmat qiladi.

Hujjat koʼp yillik hamkorlarimiz va hamkasblarimiz bulmish Markaziy Osiyoning yetakchi olimlari va restavratorlari ishtirokida imzolandi. Haqiqatdan, Ipak yoʼli oʼzining zamonaviy taraqqiyot bosqichida ham mamlakatlar va xalqlarni birlashtirishda davom etmoqda.

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar