Skip to content
Silkroad IRI

“O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan gilam turlarini tiklash yo‘llari” nomli ilmiy amaliy seminar

1 daqiqa o‘qish
“O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan gilam turlarini tiklash yo‘llari” nomli ilmiy amaliy seminar

Bugun 8-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan gilam turlarini tiklash yo‘llari” mavzusida ikki kunlik ko‘rgazma va ilmiy amaliy seminar boshlandi.

Seminarning birinchi kunida o‘tkazilgan ko‘rgazmada aksariyat viloyatlardan tashrif buyurgan gilamdo‘z ustolar, madaniy meros sohasidagi olimlar ishtirok etishdi. Dastlab ishtirokchilar ko‘rgazmaga qo‘yilgan qadimiy gilam nusxalari hamda ustolar tomonidan gilam to‘qish jarayonlari bilan tanishdi. Shundan so‘ng tadbirning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda tadbirdan ko‘zlangan maqsad vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Ko‘rgazmada “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti va respublika Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xalqaro seminarning ikkinchi kuni ertaga 9-aprel kuni o‘tkazilib, unda asosan ilmiy amaliy jarayonlar va kitob taqdimoti o‘tkazilishi belgilangan.

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar

Samarqandda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro ilmiy-amaliy seminar
Ipak yo'li

Samarqandda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro ilmiy-amaliy seminar

O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari 2025-yil 8–9-aprel kunlari Samarqand shahrida “O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari” mavzusida II Xalqaro…