Samarqandda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro ilmiy-amaliy seminar

O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari
2025-yil 8–9-aprel kunlari Samarqand shahrida “O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari” mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi.
Seminar O‘zbekistonning an’anaviy gilamdo‘zlik san’atini saqlab qolish va qayta tiklash masalalarini muhokama qilish uchun muhim platformaga aylandi.
Tadbir doirasida quyidagilar o‘tkazildi: • O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan ustalar va to‘quvchilarning ishlari ko‘rgazmasi, bu ko‘rgazma milliy gilamchilik san’atining boyligi va xilma-xilligini aks ettirdi; • O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Xitoydan kelgan olimlar va mutaxassislarning ma’ruzalari; • Gilam ustalari va dizaynerlari ishtirokida davra suhbati.
Seminarning maqsadi – o‘zbek gilamchilik an’analariga e’tibor qaratish, “O‘zbek gilami” brendini yaratishga ko‘maklashish, ayollarni autentik gilam ishlab chiqarishga jalb etish va ularni uyda mehnat bilan ta’minlashdan iborat. Seminar ilmiy-amaliy va ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lib, madaniy o‘zlikni saqlab qolish va milliy iqtisodiyotga qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘lda tayyorlanadigan gilamchilikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bu an’naviy yo‘qolib borayotgan gilam turlarini tiklash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
2025-yil 8–9-aprel kunlari ushbu seminar doirasida “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti bilan O‘zbekiston Respublikasining “Hunarmand” uyushmasi hamda Beijing City University (Pekin Shahar Universiteti) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi. Bu esa mahalliy va xorijiy mutaxassislar o‘rtasida ilmiy almashinuv va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Tadbirlar Institutning tashkil topganligining yilligiga bag‘ishlandi. Shu munosabat bilan 2024–2025-yillarda Institut tomonidan o‘tkazilgan I “Ipak yo‘li” moddiy madaniy merosini o‘rganish va asrash bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy simpozium, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik turlarini tiklashga bag‘ishlangan I va II xalqaro ilmiy seminarlar materiallarini o‘z ichiga olgan uchta nashr taqdimoti bo‘lib o‘tdi.






O‘xshash yangiliklar

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti 18.00.01-“Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash ” ixtisosligi…

“O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan gilam turlarini tiklash yo‘llari” nomli ilmiy amaliy seminar
Bugun 8-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekistonda yo‘qolib borayotgan gilam turlarini tiklash yo‘llari” mavzusida…
