Skip to content
Silkroad IRI

“Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi filiali ochilish marosimi bo'lib o'tti va memorandum imzolandi

1 daqiqa o‘qish
“Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi filiali ochilish marosimi bo'lib o'tti va memorandum imzolandi

Samarqanddagi “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot institutida Turin Politeknika universitetining “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi filiali muvaffaqiyatli ravishda ochildi.

Kafedraning ochilishi universitetdagi nazariy ta’limni loyiha va ilmiy tadqiqot institutlaridagi ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lovchi dual ta’lim tizimini joriy etishning boshlanishini anglatadi.

Ta’lim faoliyati bilan bir qatorda, Turin universiteti kafedrasi filiali negizida O‘zbekiston me’moriy yodgorliklarini o‘rganish, saqlash va monitoring qilish bo‘yicha ekspeditsiya va dala tadqiqotlari o‘tkaziladi. Ushbu jarayonda lazerli skanerlash va fotogrammetriya texnologiyalari yordamida yodgorliklarning 3D modeli va elektron hujjatlari tayyorlanadi.

Bu zamonaviy texnologiyalar obyektlarni batafsil tahlil qilish va rekonstruksiya qilish imkonini beradi, tadqiqot va restavratsiyada yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda merosni saqlash va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda innovatsiyalarni joriy etishga yordam beradi.

Ushbu loyiha – nazariya va amaliyotni bog‘lashga, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga va dolzarb tadqiqotlarni amalga oshirishga qaratilgan fan va ta’lim o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin namunasidir. Biz Toshkentdagi Turin Politeknika Universiteti rahbariyatiga ushbu muhim tashabbus uchun minnatdorlik bildiramiz va Samarqanddagi “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti qoshidagi kafedra filiali asosidagi hamkorligimiz uzoq muddatli va samarali bo‘lishiga ishonamiz.

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Treninglar

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…