Skip to content
Silkroad IRI

Ipak yo‘li madaniy merosi bo‘yicha 2025-yilgi xalqaro almashinuv dasturining ochilish marosimi

1 daqiqa o‘qish
Ipak yo‘li madaniy merosi bo‘yicha 2025-yilgi xalqaro almashinuv dasturining ochilish marosimi

2025-yil 24-noyabr kuni Xitoyning Sian shahrida «Ipak yo‘li» xalqaro tadqiqot instituti xodimlari Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi «Ipak yo‘li» xalqaro tadqiqot instituti nomidan Ipak yo‘li madaniy merosi bo‘yicha 2025-yilgi xalqaro almashinuv dasturining ochilish marosimida (2025 Silk Roads Cultural Heritage International Exchange Event) ishtirok etdilar.

Tashrif doirasida «Ipak yo‘li» XTI direktori, professor M. Yusupova va institutning o‘n nafar xodimi Sian Madaniy merosni muhofaza qilish va arxeologiya instituti (Xi'an Institute of Cultural Heritage Conservation and Archaeology), ICOMOS Xalqaro konservatsiya markazi – Sian (ICOMOS International Conservation Center–Xi'an, IICC-Xi'an), Shimoli-g‘arbiy universitet (Northwest University), shuningdek, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi Xitoy–Markaziy Osiyo inson va atrof-muhit o‘zaro ta’siri bo‘yicha qo‘shma laboratoriyasi (China–Central Asia Belt and Road Joint Laboratory on Human and Environment Research) mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Uchrashuvlar chog‘ida tomonlar arxeologik tadqiqotlar, madaniy merosni o‘rganish va saqlash, shuningdek, qo‘shma ilmiy izlanishlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. «Ipak yo‘li» XTI xodimlari yirik muzeylar, restavratsiya laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdilar, Sian shahrining tarixiy-madaniy meros obyektlarini ziyorat qildilar.

Tadbirning hamkor tashkilotlari quyidagilar bo‘ldi:
• Tan sulolasi G‘arb bozori muzeyi (Datang West Market Museum);
• Ipak yo‘li arxeologiyasi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot markazi (Collaborative Research Centre for Archaeology of the Silk Roads);
• Shanxi kasb-hunar va texnik ta'lim kolleji (Shaanxi Vocational and Technical College);
• Qujiang san’at muzeyi (Qujiang Art Museum);
• Sian Qujiang Damin saroyi majmuasini muhofaza qilish boshqarmasi (Xi'an Qujiang Danning Palace Site Preservation Office).

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar

АХБОРОТ ХАТИ
Simpoziumlar

АХБОРОТ ХАТИ

“ИПАК ЙЎЛИ МОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСИНИ ЎРГАНИШ ВА САҚЛАШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ” мавзусидаги II халқаро илмий-амалий симпозиум ининг АХБОРОТ ХАТИ “Ипак йўли” халқаро туризм ва маданий мерос университети ҳузуридаги “Ипак…

AXBOROT XATI
Simpoziumlar

AXBOROT XATI

III Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium “Ipak yo‘li merosi: madaniy transferlar, saqlash amaliyotlari va turistik taqdimot” “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot…

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Treninglar

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…