MASTER-KLASSGA RO‘YXATDAN O‘TISH BO‘YICHA E’LON

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari”
II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi doirasida
madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tahlil etishning zamonaviy usullariga bag‘ishlangan amaliy master-klass tashkil etilmoqda.
Tadbir sanasi: 2025-yil 20-noyabr
Vaqti: 14:00–16:00
Joyi: “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti binosi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17.
Master-klass dasturi
Prof. Ann Gaker-Parker
G‘arbiy Jorjiya universiteti (AQSh)
Mavzu: Konservatsiya va restavratsiya jarayonlarida rentgen-fluorestsent spektroskopiyani qo‘llash.
Rumejsa Ragsana Hasanzade
“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti
(Turkiya – O‘zbekiston)
Mavzu: Tarixiy me’moriy mayolikani konservatsiya qilishda qo‘llaniladigan yopishtiruvchi moddalar va jelim tarkiblarini tayyorlash usullari.
Ro‘yxatdan o‘tish
Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Joylar soni cheklangan — 25 kishi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScq0ZBKFJJklef4kghWd6GzG4bWT0bNuuF-zxoFO-GwYqt9Tw/viewform?usp=dialog
Biz mutaxassislar, tadqiqotchilar, restavratorlar, o‘qituvchilar, talaba yoshlar, shuningdek madaniy merosni o‘rganish, saqlash va restavratsiya qilishning zamonaviy yondashuvlariga qiziquvchi barchani ishtirok etishga taklif qilamiz.
O‘xshash yangiliklar

“Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium
2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro…

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…

Qo‘qon va Rishton shaharlarida III Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali va Xalqaro kulolchilik forumi
2025-yilning 19-21 sentabr kunlari Qo‘qon va Rishton shaharlarida III Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali va Xalqaro kulolchilik forumi bo‘lib o‘tdi. Bir necha kun davomida bu qadimiy shaharlar huna rmandlar va…