Qo‘qon va Rishton shaharlarida III Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali va Xalqaro kulolchilik forumi

2025-yilning 19-21 sentabr kunlari Qo‘qon va Rishton shaharlarida III Xalqaro xalq amaliy san’ati festivali va Xalqaro kulolchilik forumi bo‘lib o‘tdi.
Bir necha kun davomida bu qadimiy shaharlar huna rmandlar va tadqiqotchilar jamladi: 70 dan ortiq davlatdan 300 dan ortiq ishtirokchilar o‘z san’atlarini namoyish etdilar, an’analarni saqlash bo‘yicha tajriba va fikr almashdilar. Tashkil etilgan yarmarka, ko‘rgazmalar hamda muhokamalar hunarmandchilik madaniy muloqotning jonli tili bo‘lib qolayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Forumda ilmiy anjumanlarga alohida e’tibor qaratildi. Qo‘qonda “Hunarmandlik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida, Rishtonda esa “An’anaviy kulolchilikni asrab-avaylash va rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzuida muloqot tashkil etildi. Ushbu platformalar turli mamlakatlardan tadqiqotchilar va amaliyotchilarni birlashtirib, ilmiy bilimlarni jonli hunarmandchilik anʼanalari bilan uygʻunlashtirdi. “Ipak yo‘li” xalqaro ilmiy-tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi, professor Elmira Gul Toshkent kulolchilik maktabi haqida “F.R.Martin kolleksiyasidagi Toshkent kulolchilik buyumlari: mahalliy markazlarning o‘rganilishi masalasi” hamda “Turob Miraliev ijodi – an’anadan innovatsion tajribalargacha” mavzusidagi ikkita ma’ruzasini taqdim etdi.
Institut rahbariyati nomidan tabrik so‘zi bilan direktor o‘rinbosari Ulug‘bek Taxirovich Abdullaev so‘zga chiqdi. U O‘zbekiston madaniy merosini birgalikda tadqiq etish muhimligini ta’kidladi. Tadbir davomida Polshada o‘zbek madaniyatini o‘rganish va targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun Osiyo va Tinch okeani muzeyi (Varshava) xodimi Karolina Krjiviska esdalik sovg‘alari topshirildi.
Festival xalq amaliy san’ati shunchaki o‘tmish merosi emasligini yana bir bor namoyon etdi. Ular rivojlanishda davom etmoqda, yangi ufqlarni ochmoqda va turli mamlakatlar , madaniyatlar va insonlarni birlashtirmoqda. Bugun qadimgi an’analar zamonaviy dunyo madaniyati bilan uyg‘unlikda yashamoqda.


O‘xshash yangiliklar

“Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium
2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro…

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…

MASTER-KLASSGA RO‘YXATDAN O‘TISH BO‘YICHA E’LON
“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro…