“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti , lazerli skanerlash, fotogrammetriya xizmatlarini taqdim etadi.

“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti zamonaviy geomatika texnologiyalaridan foydalangan holda tarixiy va madaniy meros obyektlarini suratga olish, hujjatlashtirish hamda raqamli shaklda saqlash bo‘yicha ixtisoslashgan xizmatlarni taqdim etadi.
Lazerli skanerlash, fotogrammetriya va GAT (Geografik axborot tizimlari) kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, biz restavratsiya, muhofaza qilish va ilmiy tadqiqotlar uchun yuqori aniqlikdagi hamda ishonchli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Tarixiy yodgorliklarning raqamli egizaklarini (Digital Twin) yaratish, shuningdek, fasadlar, interyerlar va dekorativ bezak elementlarining yuqori darajada batafsil teksturalarini olish uchun yer usti lazerli skanerlari va uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalanamiz.
Asosiy xizmatlar:
1. Lazerli skanerlash va fotogrammetriya texnologiyalaridan foydalangan holda fasadlar, interyerlar hamda dekorativ bezak elementlarini yuqori aniqlikda suratga olish va hujjatlashtirish.
- Skanerlash ma’lumotlari asosida yodgorliklarning tahlil qilish, saqlash va restavratsiya ishlarini amalga oshirish uchun yuqori aniqlikdagi 3D modellarini yaratish.
Madaniy meros obyektlarini hujjatlashtirish uchun CAD chizmalarini tayyorlash hamda BIM/HBIM modellarini ishlab chiqish.
Madaniy meros obyektlari uchun GAT (Geografik axborot tizimi) ma’lumotlar bazalarini yaratish.
Obyektlarning holatidagi o‘zgarishlarni monitoring qilish uchun turli vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan skanerlash ma’lumotlarini taqqoslash.
Yoriqlar, deformatsiyalar va konstruksiyalarning umumiy holatini tahlil qilish.
Syomka (o‘lchov) ma’lumotlari asosida restavratsiya chizmalarini tayyorlash.

O‘xshash yangiliklar

AXBOROT XATI
III Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium “Ipak yo‘li merosi: madaniy transferlar, saqlash amaliyotlari va turistik taqdimot” “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot…

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…

“Buyuk Xitoy devori” va “Imperatorlar saroyi (Yopiq shahar)”ga tashrif
2025-yil 29–30 noyabr kunlari “Ipak yo‘li” Xalqaro Turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti delegatsiyasi Xitoy madaniy merosining ikki yirik ramzi — “Buyuk Xitoy devori”…