“Buyuk Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro simpozium o'tdi

“Buyuk Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzusida Samarqandda bo'lib o'tgan xalqaro simpoziumda dunyoning turli burchaklaridan yetakchi mutaxassislar Ipak yo‘li merosini asrash bilan bog‘liq muhim muammolar va yechimlarni muhokama qilish maqsadida yig’ildi. Ushbu tadbir Ipak yo‘li xalqaro tadqiqot instituti va YUNESKO tomonidan tashkil etilgan bo’lib, global ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy merosni saqlab qolish va tiklash bo‘yicha bilim va strategiyalarni almashish uchun muhim imkoniyatni taqdim etdi.
Umumiy tariximizni asrashda o’z hissasini qo’shayotgan barcha ishtirokchi, mutaxassislarga minnatdorchilik bildiramiz. Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyodagi Ipak yoʻli merosi yoʻlaklari – Yevropa madaniy meros yilining xalqaro koʻlami” loyihasi doirasida oʻtkazildi.
O‘xshash yangiliklar

“Ipak yo‘li me’moriy merosi: yodgorliklarni katalogizatsiya va ta’mirlash bo‘yicha xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar yakunlandi.
2025-yil 15–16-avgust kunlari Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi "Ipak yo'li" xalqaro tadqiqot instituti tomonidan tashkillashtirilgan memoriy merosga oid xalqaro tadbirlar dekadasi doirasida bo‘lib…

“Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium
2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro…

“Ipak yo‘lining moddiy madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” II Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi
"Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan 2025-yil 19-20-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan “Ipak yo‘lining moddiy madaniy…