Malayziyaning Nilai shahridagi Islomiy tadqiqotlar universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

2025-yilning 22-yanvar sanasida “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti hamda Malayziyaning Nilai shahridagi Islomiy tadqiqotlar universiteti o‘rtasida online formatda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushrashuv davomida tomonlar o‘rtasida madaniy meros obyektlarini asrash, restavratsiya qilish va o‘rganishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash usullari, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


Shu bilan birgalikda Institut xodimlari tomonidan O‘zbekiston memoriy yodgorliklarining to‘liq to‘plamini yaratish, muqaddas yodgorliklar arxitektutasini tadqiq etish va ziyorat turizmi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot ishlari Islomiy tadqiqotlar universiteti xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi va kelajakda ushbu yo‘nalishlarida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Ushrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning strategik yo‘nalishlari belgilandi va hamkorlik masalalari bo‘yicha muhokama qilingan jihatlar asosida memorandum matniga qator qo‘shimchalar kiritish taklif etildi. Hozirda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti hamda Malayziyaning Nilai shahridagi Islomiy tadqiqotlar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumning yakuniy matni imzolashga tayyorlanmoqda. Mazkur memorandum tomonlarning tajriba almashish va tadqiqotlarda hamkorlikni rivojlantirishdagi harakatlarini mustahkamlashga qaratilgan.
O‘xshash yangiliklar

Malayziya Texnologiya Universiteti delegatsiyasining “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutiga tashrifi
2025-yil 18-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti Malayziya Texnologiya Universitetining yetakchi olimlari delegatsiyasini qabul qildi…

“Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium
2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro…

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…