Skip to content
Silkroad IRI

Olmaota shahrida Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Oʼzbekistonning ekspertlari ishtirokida yegʼilish boʼlib oʼtdi

1 daqiqa o‘qish
Olmaota shahrida Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Oʼzbekistonning ekspertlari ishtirokida yegʼilish boʼlib oʼtdi

Olmaota shahrida Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Oʼzbekistonning ekspertlari hamda mutassadi organlar (YUNESKO milliy komissiyalari, Madaniy meros agentliklari, madaniyat vazirliklari va boshqalar) vakillari ishtirokida yegʼilish boʼlib oʼtdi. Uchrashuv Fargʼona-Sirdaryo koridori boʼylab joylashgan yodgorliklarni YUNESKOning Butunjahon merosi roʼyxatiga kiritish uchun nominatsion hujjatlarni tayyorlashning yakuniy bosqichiga bagʼishlandi.

Uchrashuvda koʼp yillik ishlar nihoyasiga yetkazish bilan bogʼliq masalalar muhokama qilindi. Tadqiqot materiallari va tayyorlangan hujjatlar Fargʼona-Sirdaryo yoʼlagidagi zamonaviy Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Oʼzbekiston hududlarida joylashgan miloddan avvalgi II asrdan — XVI asrgacha boʼlgan davrlarga oid arxeologiya va meʼmorchilik obʼektlarining boyligi, madaniy va tipologik xilma-xilligini yoritib beradi.

Uchrashuvda «Ipak yoʼli» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi «Ipak yoʼli» xalqaro tadqiqot instituti direktori, mazkur nominatsiya boʼyicha xalqaro ishchi guruh kengashi aʼzosi va Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatidagi meʼmoriy yodgorliklar boʼyicha materiallarning ijrochi-muallifi prof. M. А. Yusupova ishtirok etdi.

Yegʼilish tashkilotchilari - Qozogʼiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi huzuridagi «Qazrestavratsiya» ilmiy-tadqiqot va loyiha filiali direktori B. S. Baysalbaev va loyiha rahbari L. S. Beysembaevaga ushbu Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun muhim boʼlgan YUNESKO nominatsiyasi boʼyicha uchrashuvga taklif, hamkorlik va samarali ishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar