Xitoyning Janubi-Sharqiy universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

2025-yil 17-aprel kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti hamda Xitoyning yetakchi arxitektura oliygohlaridan biri bo‘lgan Janubi-Sharqiy universitet (SCHOOL OF ARCHITECTURE, SOUTHEAST UNIVERSITY) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: moddiy madaniy merosni restavratsiya qilish va asrash, ilmiy tadqiqotlar, tajriba va akademik resurslar almashinuvi.





Samarqandga Janubi-Sharqiy universitetdan dekan Jiang Hon, professorlar Dong Wei, Li Xinjian, Li Yonghui va PhD tadqiqotchilarini o‘z ichiga olgan 8 kishilik nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.
Bu “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutining xalqaro aloqalarini kengaytirish va madaniy merosni saqlash yo‘lida qo‘shma hissa qo‘shish yo‘lida muhim qadamdirdir.
O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” assotsiatsiyasi va Pekin shahar universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumlarini imzolandi
2025-yil 8-9-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “ O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari ” mavzusidagi II-Xalqaro ilmiy-amaliy seminar doirasida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros…

AXBOROT XATI
III Xalqaro ilmiy-amaliy simpozium “Ipak yo‘li merosi: madaniy transferlar, saqlash amaliyotlari va turistik taqdimot” “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot…

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…