Skip to content
Silkroad IRI

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” assotsiatsiyasi va Pekin shahar universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumlarini imzolandi

1 daqiqa o‘qish
O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” assotsiatsiyasi va Pekin shahar universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi hamkorlik memorandumlarini imzolandi

2025-yil 8-9-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari” mavzusidagi II-Xalqaro ilmiy-amaliy seminar doirasida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan ikki muhim hamkorlik memorandumi imzolandi.

Birinchi memorandum: O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” assotsiatsiyasi bilan imzolandi. Ushbu hamkorlik hunarmandchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan an’anaviy hunarmandchilik turlarini saqlash va tiklash, hamda madaniy va ta’limiy tadbirlarni birgalikda tashkil etishga qaratilgan.

Ikkinchi memorandum: Xitoyning Pekin shahar universiteti bilan imzolandi. Xitoylik hamkorlar bilan olib boriladigan hamkorlik madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va saqlab qolish sohasida texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu esa tarixiy obyektlar va muzey eksponatlari bilan ishlashda innovatsiyalarni joriy etish imkonini beradi.

Ushbu memorandumlarning imzolanishi O‘zbekiston hamda xalqaro hamkorlar o‘rtasida ilmiy va amaliy almashinuv uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Xususan, bu gilamchilik an’analarini saqlab qolish va qadimiy gilam namunalarini restavratsiya qilish texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Treninglar

Xalqaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

2026-yil 13-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida mazkur xalqaro institut hamda mashhur "MAG Architect Sdn. Bhd" (MAGA, Malayziya)…