Skip to content
Silkroad IRI

"Ipak yo'li"XTI guruhi xodimlari oʼzlarining birinchi ekspeditsiyasida ishtirok etdi

1 daqiqa o‘qish
"Ipak yo'li"XTI guruhi xodimlari oʼzlarining birinchi ekspeditsiyasida ishtirok etdi

"Ipak yo'li"XTI guruhi xodimlari oʼzlarining birinchi ekspeditsiyasida ishtirok etdi, U 2024 yilning 19-may kuni tashkil etilgan. Dala tadqiqoti obʼekti sifatida Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Chor-Chinor memorial-diniy yodgorlik majmuasi tanlandi.

Chor Chinor muqaddas maskani, Qoraqoʼrgʼon togʼ etagida joylashgan boʼlib, unda Nakshbandiya tariqatining mashhur vakillari Xoja Аvliyo Valining oʼgʼli va nabirasi, Eshon Shayx va Xoja Qutbiddinxon eshonning qabrlari joylashgan. Ushbu ustoz-pirlar islom taʼlimotida katta ruhiy iz qoldirganlar. Ekspeditsiya davomida Chor Chinor majmuasining shakllanish tarixi, arxitekturasi va rejaviy tuzilishi oʼrganildi. Soʼfiylik xonaqoh-masjidi, shu bilan birga, madrasa funktsiyalarini ham bajarib kelgan bino XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qurilgan boʼlib, uning rejaviy tuzilishi va arxitekturasi jihatidan oʼziga xosdir.

Binoning qurilishi va restavratsiya tarixi, shuningdek, majmuaning shakllanish bosqichlari haqidagi qoʼshimcha maʼlumotlar yoshi ulugʼ insonlar bilan boʼlgan suhbatlarda olingan. Dala tadqiqotlari davomida institut xodimlari masjid-xonaqoh-madrasaning tuzilishi va arxitekturasining oʼziga xos xususiyatlari haqida qoʼshimcha maʼlumotlar olishdi.

Ulashish:

O‘xshash yangiliklar