“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti xodimlari va Janubi-Sharqiy universiteti (Nankin, Xitoy) hamkorlari Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar

18–19-aprel kunlari tarixiy va ulug‘vor Registon maydonida “Jahon me’morchiligiga nazar: me’morchilikdagi uyg‘unlik va mutanosiblik” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirlari doirasida “Ipak yo‘li”xalqaro tadqiqot instituti mutaxassislari va Janubi-Sharqiy universitetdan kelgan hamkorlar Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti tomonidan ushbu muhim sana munosabati bilan a’lo darajada tashkil etilgan konferensiyada ishtirok etdilar. Tantanali ochilish marosimida “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktori, professor M. A. Yusupova va Xitoylik professor Jiang Hong (Me’morchilik maktabi dekan o‘rinbosari) so‘zga chiqishdi. Ma’ruzalari bilan Xitoylik hamkorlar – professor Li Xinjian (Shahar va me’moriy merosni muhofaza qilish laboratoriyasi direktor o‘rinbosari) va professor Li Yonghui (laboratoriyaning yetakchi mutaxassisi) qatnashdilar.
E’tiborga molik jihati shundaki, konferensiyaning ochilish va yalpi majlisi XV asrga oid me’moriy yodgorlik – Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasining katta zali — jamoatxona binosida bo‘lib o‘tdi.
SamDAQU rahbariyatiga va tashkilotchilarga konferensiyaning yalpi yig‘ilishiga taklif etganlari hamda esda qolarli professional bayramni tashkil etganlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz! Konferensiyadan so‘ng “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti rahbariyati va Janubi-Sharqiy universitet olimlari kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qilishni davom ettirdilar.








O‘xshash yangiliklar

АХБОРОТ ХАТИ
“ИПАК ЙЎЛИ МОДДИЙ МАДАНИЙ МЕРОСИНИ ЎРГАНИШ ВА САҚЛАШНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ” мавзусидаги II халқаро илмий-амалий симпозиум ининг АХБОРОТ ХАТИ “Ипак йўли” халқаро туризм ва маданий мерос университети ҳузуридаги “Ипак…

“Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium
2026-yil 24-fevral kuni Hong Kong shahrida Jao Tsung-I Academy tomonidan tashkil etilgan “Me’morchilikdagi go‘zallik” mavzusidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro…

“Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti delegatsiyasining Pekindagi bir qator ilmiy va madaniy muassasalarga tashrifi
2025-yil 28-noyabrdan 2-dekabrgacha “Ipak yo‘li” Xalqaro Turizm va madaniy meros universiteti huzuridagi “Ipak yo‘li” Xalqaro tadqiqot instituti xodimlari, institut direktori prof. M. A. Yusupova boshchiligida Pekindagi…